TOShKENT, 12 dek — Sputnik. 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,3 mln dollarga teng bo‘lgan 18,5 ming tonna olma eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Olma eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,4 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar qatoriga Qozog‘iston (12,6 ming tonna), Rossiya (4,2 ming tonna), Qirg‘iziston (1,5 ming tonna), Turkmaniston (163 tonna) kirgan.
2022 yilning 10 oyida xorijga eng ko‘p olmani Farg‘ona viloyati (5 ming tonna), Xorazm viloyati (4,5 ming tonna), Toshkent viloyati (1,8 ming tonna) eksport qilgan.