Ikki atlet Parij-2024 ga yo‘llanma beradigan jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi

81 kilogrammda bahslarda qatnashgan sportchilar ishtirokini yakunladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Kolumbiya poytaxti Bogotada og‘ir atletika bo‘yicha Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga ilk reyting ochkolarini taqdim etadigan jahon chempionatining beshinchi kunidagi bahslar ortda qoldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bahslar natijasiga ko‘ra, 81 kilogrammda bahslarda qatnashgan Muhammadqodir Toshtemirov (343 (156+187) kg) dunyoning eng kuchli og‘ir atletikachilari reytingida yettinchi, Og‘abek To‘xtayev (326 (140+180) kg) o‘n birinchi o‘rinlardan joy oldi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida o‘zbekistonlik sportchi Nigora Abdullayeva 55 kilogramm og‘irlikda dunyo reytingida 6-o‘rindan joy oldi.
Ertaga, 13-dekabr kuni, o‘tadigan bahslarda Sharofiddin Amriddinov Bogota supachasiga ko‘tariladi.
Shuningdek, 15-dekabrdagi musobaqalarda Rigina Adashboyeva va Tursunoy Jabborova, 16-dekabr kuni kechadigan medallar uchun kurashlarda Olimpiya o‘yinlarining g‘oliblari Ruslan Nuruddinov va Akbar Jo‘rayev qatnashadi.