Borrel Rossiyani Ukraina bilan adashtirib yubordi

Mariya Zaxarova Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakilining xatosiga munosabat bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel 12-dekabr kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining Brusseldagi uchrashuvi boshlanishidan oldin Eronga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishini e’lon qilar ekan, Rossiya va Ukrainani chalkashtirib yubordi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Juma kuni kechqurun men Eron tashqi ishlar vaziri bilan uzoq suhbatlashdim. Gumanitar sabablar, shuningdek, Eronning Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani sababli Eronga qarshi joriy etiladigan Yevropa Ittifoqi sanksiyalari haqida gaplashdik”, - degan Borrel jurnalistlarga.
Diplomat Eronga qarshi yangi sanksiyalar paketi “judayam qaqshatqich” bo‘lishini ta’kidladi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Borrelning yanglishganiga munosabat bildirib, bunday rahbarlar bilan Yevropada ahvol yomonlashaverishini aytib o‘tdi.

“Borrel, ittifoq mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining Brusseldagi uchrashuvi boshlanishidan oldin Rossiya va Ukrainani chalkashtirib yubordi va “Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun” Eronga qarshi sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi. Yevropa Ittifoqini shunday odamlar boshqarapti. Natijasi ravshan. Kelgusida bundan battar bo‘ladi.”, - deya yozdi Zaxarova Telegram sahifasida.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Eron go‘yoki Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatgani sababli Tehronga nisbatan cheklovlarni e’lon qilgan edi.