Antaliyada so‘nggi 50-yil ichida eng kuchli suv toshqini sodir bo‘ldi - video

Toshqin mashinalarni oqizib ketdi va ko‘priklarga zarar yetkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Kuchli yomg‘ir bugun, 12-dekabr kuni Turkiyaning kurort provinsiyasi Antaliyada so‘nggi 50-yildagi eng kuchli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Turkiyaning “Star” nashriga tayanib, xabar berdi.
Mahalliy gazetaning yozishicha, suv toshqini mashinalarni oqizib ketgan, ko‘priklarga zarar yetkazgan.
“Antaliyaning Kumluja tumanida kechadan beri davom etgan jala va momaqaldiroq yarim kechasi kuchaygan. Salur, Sarikasuv va O‘rtako‘y tumanlarida yog‘gan yog‘ingarchilikdan so‘ng tuman markazidan o‘tuvchi Gavur darosi toshib ketdi”, - deyiladi xabarda.
Kumluja meri Mustafo Keleo‘g‘lining ta’kidlashicha, tuman hokimiyati kuchli yomg‘ir sabab yuqori shaylik holatiga keltirilgan.
“Viloyatda 50-yildan beri bunday ofat bo‘lmagandi, sel suvlari ko‘priklarni buzdi, shu bois texnikalar ishlay olmadi. Yomg‘ir suvi toshqinga sabab bo‘lib, birinchi qavatlar va avtomobillarga zarar yetkazdi. Harakat qilgan bo‘lsakda, uddalay olmadik. Fuqarolarimizdan qurbonlar bo‘lmasligi uchun ehtiyot bo‘lishlarini so‘raymiz”, - deydi u.
Kumluja tumani Antaliya shahridan taxminan 90 kilometr uzoqlikda joylashgan.