TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda RIA Novostiga Turkiya yetkakchisi kanselyariyasi ma’lum qildi.
“Suhbat chog‘ida Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa energetika masalasi muhokama qilindi, shuningdek, mintaqaviy masalalarga, jumladan, don yo‘lagi va terrorizmga qarshi kurashishga baho berildi”, - deyilgan xabarda.
Suhbat chog‘ida Erdog‘an birgalikdagi say’-harakatlar tufayli muhtoj mamlakatlarga 13 million tonnadan ziyod don yetkazib berishga erishilganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi don kelishuvi doirasida oziq-ovqat va boshqa tovarlarni eksport qilish ustida ishlash mumkin.
Bundan tashqari, Turkiya rahbari Ukrainadagi inqiroz tezroq hal bo‘lishiga umid bildirgan.