"Men donorman" xayriya aksiyasi davomida ko‘ngillilar uch ming tonnadan ziyod qon topshirishdi

Respublikaning barcha hududlarida "Men donorman" xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilgan "Men donorman" xayriya aksiyasi davomida 3,2 tonna qon yig‘ildi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi xabar berdi.
Respublikaning barcha hududlarida 5-10-dekabr kunlari “Qon donorligi haftaligi” doirasida "Men donorman" xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Aksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat qon quyish markazlarida, shuningdek, tibbiyot muassasalari hamda Respublika qon quyish markazida o‘tkazildi.
"Men donorman" xayriya aksiyasi
Unda jami 6882 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, xayriya qon topshirish aksiyasida 18 yoshdan oshgan hamda 60 yoshgacha bo‘lgan, sariq kasalga chalinmagan, “D” ro‘yxatda turmaydigan sog‘lom fuqarolar donor sifatida ishtirok etishadi. O‘tgan yili tashkil etilgan aksiyada 3120 nafar ko‘ngilli tomonidan 1,5 tonna qon topshirilgan.