Gaz ittifoqini tuzish g‘oyasida siyosiy o‘yin yo‘q – Lavrov

Rossiya tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, ittifoq bu mamlakatlar uchun foydalanish zarur bo‘lgan ko‘plab afzalliklarga ega.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz ittifoqni tuzish g‘oyasida hech qanday siyosiy o‘yin yo‘q. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Hozir Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida uch tomonlama gaz loyihasini shakllantirish xususidagi tashabbus muhokama qilinmoqda. Tahlilchilar, ayniqsa G‘arbda, darhol bu qandaydir siyosiy va geosiyosiy “o‘yin” ekanligi haqida gapira boshlashdi. Bu yerda hech qanday “o‘yin” yo‘q”, - dedi Lavrov Qozog‘istonning “Xabar 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ittifoq bu mamlakatlar uchun foydalanish zarur bo‘lgan ko‘plab afzalliklarga ega.
“Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston – umumiy gaz transporti tizimiga ega qo‘shnilar. Gaz bilan ta’minlash iste’molning mavsum pallasini inobatga olgan holda buzilmasligidan manfaatdorlar”, - dedi u.
Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida gaz ittifoqi tuzish haqidagi xabarlar noyabr oxirida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Moskvaga tashrifidan so‘ng paydo bo‘lgan edi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 7-dekabr kuni bergan bayonotida respublika qo‘shni davlatlardan gaz va elektrni, ittifoq tuzmasdan, tijorat shartnomalari asosida sotib olishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.
Bunga javoban Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz ittifoqi tuzish haqidagi shartnomasi faqat tijorat maqsadlarni ko‘zlashini va bu yerda hech qanday siyosat yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Gaz masalasida murosali yechimlar topilishi mumkin - Putin