Uzbekistan GTL jahon energetika sanoatining “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston neft-gaz kimyo sanoati tarixida ilk bor dunyo miqyosida eng nufuzli hisoblangan mazkur mukofotning “Uglevodorodlarni qayta ishlash sohasi va kimyo sanoati” nominatsiyasida 2022-yil g‘olibi sifatida e’lon qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Uzbekistan GTL jahon energetika sanoatining “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekneftgaz xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Uzbekistan GTL” zavodi jahon energetika sanoatining “Oskar” mukofoti sifatida e’tirof etilgan “2022 Platts Global Energy Awards”ning “Uglevodorodlarni qayta ishlash sohasi va kimyo sanoatidagi ulkan yutuqlari uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Ushbu nominatsiyada shuningdek, O‘zbekistondagi Xitoy, Lyuksemburg, Hindiston va AQShdagi korxonalari ham nomzod sifatida kiritilgan.
Nyu-Yorkda 8dekabr kuni “S&P Global” tomonidan mukofot g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Uzbekistan GTL poluchil "Oskara" mirovoy energoindustrii
G‘oliblikka saralashda quyidagilar hisobga olingan:
“Uzbekistan GTL” zavodida xalqaro standartlarga to‘laqonli mos keluvchi yuqori sifatli va ekologik toza yonilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilishi;
“GTL” mahsulotlarini foydalanilganda atmosferaga zaharli chiqindi gazlar shakllanishi mavjud emasligi;
Zavodning ishlab chiqarish jarayonida innovatsion texnologiyalar;
Ilg‘or transformatsiya jarayonlarni tatbiq qilinishi va energetika sohasida notinch hamda nostabil paytlarda ishlab chiqarish jarayonlari boshqarishning operativligi va moslashuvchanligi.
Ma’lumot uchun, S&P Global Platts axborot agentligiga 1909-yilda asos solingan. U dunyoda sotilayotgan neft, neft mahsulotlari, gaz, neftkimyo va sanoat metallarining narxlari va kotirovkalarini nashr etadi.