Toshkent aeroportida o‘t o‘chirish mashqlari bo‘lib o‘tdi

"Yong‘in" 5 daqiqa ichida bartaraf qilindi va barcha jabrlanganlar evakuatsiya qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. "Toshkent" xalqaro aeroportida havo kemasi qo‘nishi paytida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha taktik-maxsus o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Uchebnaya "Pojarnaya trevoga" v Tashkentskom aeroportu
Mashg‘ulot afsonasiga ko‘ra, bortida 72 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyotning qo‘nish paytida uning yoqilg‘i bakida yong‘in chiqadi. Dispetcher aeroportning barcha xizmatlarini xabardor qiladi. Aeroport va Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati xodimlari zudlik bilan uchish-qo‘nish yo‘lagiga yetib kelishadi.
"Yong‘in" 5 daqiqa ichida bartaraf qilindi va barcha jabrlanganlar evakuatsiya qilindi.
Uchebnaya "Pojarnaya trevoga" v Tashkentskom aeroportu
Favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish uchun 3 ta aeroport xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi, jami 160 kishi, 20 ta texnika va Tu-154 o‘quv samolyoti jalb etildi.
Uchebnaya "Pojarnaya trevoga" v Tashkentskom aeroportu