TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Smartfon qor uyumiga tushganidan so‘ng, ortiqcha namlikdan xalos bo‘lish uchun uni silkitish, namlikni o‘ziga oluvchi vositalar bilan artish kerak. Shu bilan birga, bir kun davomida qurilmadan foydalanmaslik talab etiladi. Bu haqda RIA Novostiga “MegaFon” xizmati rahbari Nikita Efimov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfon qor uyumiga yoki ko‘lmakka tushganidan keyin uni darhol silkitib qo‘yish kerak. Bu qurilmani ko‘proq namlik olishdan saqlaydi. Shuningdek, smartfonni o‘chirib qo‘yish lozim bo‘ladi.
Smartfonni fen bilan quritish yoki isitish moslamasiga qo‘yishning hojati yo‘q. Birinchi holda, suv qurilmaning barcha qismiga tarqaladi, ikkinchi holatda esa to‘satdan qizib ketish tufayli batareyaga zarar yetadi.
“Qurilmani qordan to‘liq tozalaganingizga ishonch hosil qilish uchun ulagichlarni, karnay va sim-karta joylaydigan qismini tekshiring. Agar iloji bo‘lsa, batareyani chiqarib oling. Bundan tashqari, qor zarralari yumshoq vositalar bilan tozalanishi kerak, lekin hech qanday holatda qattiq yoki metall buyumlar ishlatilmasligi kerak. Ular qurilmaga zarar etkazishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi Nikita Efimov.
Qolaversa, gadjetni to‘liq quriguncha quvvatlab bo‘lmaydi. Chunki qor kimoviy moddalar bilan to‘la, ular elektr bilan aloqa qilganda korroziyaga olib keladi.