TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Samolyotda yo‘lovchi tashish narxlari bir oyda o‘rtacha 6,5 % ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, noyabr oyida O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarda havo transportida yo‘lovchi tashish narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 6,5 % ga oshgan.
Havo transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 3,8 % ga arzonlashgani kuzatilgan.
O‘zbekistonda havo transportida yo‘lovchi tashish narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 2,7 % ga arzonlashgan.