O‘zbekiston Davlat madhiyasiga 30-yil to‘ldi - video

Respublika Davlat madhiyasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni materialimizda o‘qing.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 30-yil to‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
Qonunning 2-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir”, deb belgilab qo‘yilgan.
Madhiya Mutal Burxonov musiqasi, Abdulla Oripov she’ri asosida yaratilgan.
Madhiya musiqasi yaratilishi tarixi mustaqil O‘zbekiston tarixidan ham uzoqroq. Uning tarixi O‘zbekiston SSRning birinchi madhiyasi yaratilishi vaqtiga borib taqladi. 1946-yilda SSSRning ilk madhiyasi paydo bo‘lganidan so‘ng (1944yil) O‘zbekiston ham o‘z madhiyasini yaratishga kirishadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng yangi davlat madhiyasiga ehtiyoj tug‘ildi. Madhiya musiqasi tanlovida o‘sha vaqtlar endi ijodini boshlagan bastakor Mutal Burhonov musiqasi g‘olib chiqadi. Unga Abdulla Oripov yangi matn yozdi.
Shu tariqa A. Oripov va M. Burhonov tomonidan yaratilgan asar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sifatida tasdiqlandi. O‘shanda 1992-yilning 10-dekabri edi.