TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan sutkada 2470 nafar chaqaloq dunyoga keldi, ularning 11 nafari egizak. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sutka davomida 1295 nafari o‘g‘il bola va 1175 nafari qiz bola dunyoga keldi. O‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan 120 nafarga ko‘p to‘g‘ildi.
Eng ko‘p tug‘uruq qayd etilgan hududlar:
Qashqadaryo — 275 nafar;
Farg‘ona — 274 nafar;
Samarqand — 266 nafar;
Andijon — 222 nafar;
Namangan — 212 nafar.
Kecha soat 08:00 dan 10-dekabr 08:00 gacha “103” xizmatida 2751ta tibbiyot brigadasi faoliyat ko‘rsatdi. “Tez yordam”ga 38 093ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng ko‘p chaqiriqlar:
Farg‘ona viloyati — 4573 ta;
Andijon viloyati — 4566 ta;
Namangan viloyati — 3961 ta;
Toshkent shahri — 3699 ta;
Toshkent viloyati — 3072 ta.
Mamlakat bo‘yicha "103" xizmati orqali shifoxonaga yotqizilgan bemorlar soni 3198tani tashkil etdi. Shundan 2360 nafari kattalar bo‘lsa, 838 nafari bolalar.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi:
Jami murojatlar – 3839ta
Gospitalizatsiya qilinganlar – 980 nafar.