OShKENT, 10 dek - Sputnik. 2022 yilning 7-10 dekabr kunlari Moskva shahrida “Adolat va mo‘’tadil: dunyo tartibining ilohiy tamoyillari” XVIII Xalqaro musulmonlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Rossiyada davlat miqyosida Volga Bulg‘oriyasi halqlari tomonidan Islom dinini qabul qilganining 1100-yillik bayrami nishonlanmoqda. Xalqaro musulmonlar forumi ushbu bayram doirasidagi yakuniy tadbirga aylandi.
Forum ishtirokchilariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning, Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning murojaatlari o‘qib eshittirildi.
Xususan “Ushbu bayramni keng nishonlash Rossiya musulmonlar ummasini jipslashtirish hamda dunyo musulmonlari orasida Rossiyaning obo‘yini orttirishga xizmat qiladi.
Yuzlab yillar davomida Rossiya musulmonlari Vatanga sadoqat bilan xizmat qilib, davlatni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shib kelishmoqda. Bugun ham, maxsus operatsiya doirasida musulmon askarlarimiz fidokorlik va jasorat namoyish qilishmoqda.
Barchangizga muvaffaqiyat tilayman”, - deyilgan Rossiya prezidenti so‘zida.
Barchangizga muvaffaqiyat tilayman”, - deyilgan Rossiya prezidenti so‘zida.
Forumda ishtirok etish uchun dunyoning o‘nlab davlatlaridan bir necha yuzlab nufuzli mehmonlar Moskvaga tashrif buyurishdi. Ular orasida Turkiya Din ishlari boshqarmasi boshlig‘i doktor Erbas, Islom Mazhablarini Yaqinlashtirish Butunjahon Assambleyasi Bosh Kotibi Doktor Hamid Shahrioriyning va boshqa qator shaxslar bor.