"Masala o‘rganilmoqda" - O‘zbekiston Markaziy banki "Mir" kartalarining ishlashi haqida

O‘zbekiston Markaziy banki "Mir" kartalarining mamlakatda to‘liq ishlashi masalasi hozircha o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek–Sputnik. O‘zbekistonda "Mir" kartalarining to‘laqonli ishlashini tiklash masalasi hali ham o‘rganilmoqda, bu borada yangi meyoriy hujjatlar chiqarilmagan, deb xabar berdi juma kuni “RIA Novosti”ga O‘zbekiston Markaziy banki vakili.
Avvalroq Qozog‘iston moliya bozorlarini tartibga solish va rivojlantirish agentligi matbuot xizmati AQSh G‘aznachilik departamentining (OFAC) bo‘limi bo‘lgan Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi Qozog‘iston nazorat organlarini "Mir" kartalari bilan ishlash bo‘yicha tushuntirish xati olgan edi. Unda OFAC tranzaksiyalarga qarshi emasligi haqida ma’lum qilgan.
“Hozircha bu masala o‘rganilmoqda”, — dedi O‘zbekiston Markaziy banki vakili mamlakatda xuddi shunday imkoniyat paydo bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan.
Regulyator vakilining aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston Markaziy banki Qozog‘istondagi OFAC xabarnomasiga o‘xshash hujjatlar yoki ma’lumotlar hozircha olmagan.

Noyabr oyi boshida O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov jurnalistlarga mamlakat tijorat banklari "Mir" kartalariga xizmat ko‘rsatishda risk ko‘rayotgani, hozircha ularni qabul qilishni qayta boshlash haqida gap yo‘qligini aytgan edi.
Uzcard yagona protsessing markazi 23-sentabrdan boshlab texnik sabablarga ko‘ra Rossiyaning "Mir" to‘lov tizimi kartalarini O‘zbekistonda qabul qilishni to‘xtatgan edi. Shu bilan birga, mamlakatda Uzcard-Mir kobeyjing kartalari odatdagidek ishlamoqda.
Eslatib shtamiz, AQSh moliya vazirligi "Mir" to‘lov tizimi bilan ishlash uchun sanksiyalar qo‘llashga tayyorligini e’lon qilganidan so‘ng Turkiya, Vetnam, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston kabi ko‘plab mamlakatlarda Rossiya kartalaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan edi.