Bu qiziq

Immunolog sovuqqa ko‘nikishning eng samarali usullarini ma’lum qildi

Immunolog sovuqqa ko‘niktirish uchun krioterapiyadan foydalanishni maslahat berdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Tanani sovuq ob-havoga ko‘niktirishning bir qancha usullari mavjud. Mutaxassisning fikricha, eng samarali vositalardan biri bu kriyeterapiyadir.
Immunolog Olga Shupponing so‘zlariga ko‘ra, tibbiy sharoitda chiniqish, immunitetni mustahkamlash va himoya kuchlari darajasini oshirishga yordam beradi.

“Yog‘ istemol qilish ham sovuqqa chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi. Tananing sovuq qotishi qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatishi mumkin”, deydi u.

Uyqusizlik va stressning yetishmasligi fonida ushbu organning patologiyasi sovuqqa moslashish uchun zarur bo‘lgan adrenalin, kortizol va kortikosteron ishlab chiqaradigan buyrak usti bezlariga ta’sir qiladi.
Ma’lumot uchun, kriyeterapiya bu sovuq bilan davolash. Davolash davomida tomirlar birinchi navbatda keskin torayib, qonning chiqishini rag‘batlantiradi va keyin yana kengayadi. Bu esa tananing umumiy holatiga va teriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.