Bozorlarda meva-sabzavot narxlari oshdi – tafsilotlar

Noyabr oyida meva-sabzavot mahsulotlari narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘zgardi. Unga ko‘ra, bozorlarda olma 1,9 %ga oshgan bo‘lsa, limon 18,8 %ga arzonlashgan.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Bozorlarda ayrim turdagi meva-sabzavot narxlarida o‘sish kuzatildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Noyabr oyida meva-sabzavot mahsulotlari narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘zgardi. Unga ko‘ra, bozorlarda olma 1,9 %ga oshgan bo‘lsa, limon 18,8 %ga arzonlashgan.
Narxi oshgan mahsulotlar:
Nok – 2,5 %ga oshgan;
Shaftoli – 1,9 %ga oshgan;
Uzum – 4,5 % ga oshgan;
Banan – 3,3 % ga oshgan;
Tarvuz – 6 % ga oshgan;
Qovun – 3,2 % ga oshgan;
Bodring – 75 % ga oshgan;
Pomidor – 24 % ga oshgan;
Sabzi – 5,8 % ga oshgan;
Kartoshka – 2,2 % ga oshgan;
Piyoz – 11,1 % ga oshgan.
Narxi arzonlashgan mahsulotlar:
Sholg‘om – 2,3 % ga arzonlashgan;
Turp – 2,1 % ga arzonlashgan.
Ma’lumot uchun, piyoz narxining narxi Toshkent shahrida 2 500 – 5 500 so‘mga teng. Kartoshka narxi esa 3 000 – 6 000 so‘mni qayd etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 8,0 million tonna sabzavotlar yetishtirilgan, Andijon viloyati bu borada yetakchi. Sabzavotlar yetishtirish hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 2,8 % ga oshgan.