Belarus chegarasida yana bir qochoq og‘ir ahvolda topildi - video

Belarus chegarachilari Latviya tomonidan majburlab chiqarib yuborilgan suriyalik qochoqni topib olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Belarus chegarachilari Latviya chegarasi yaqinidagi o‘rmondan suriyalik qochoqni topib olishdi. U holsizlik va sovuqdan hushsiz holatda edi, deb xabar qilmoqda Sputnik Belarus.
Shifokorlar uni reanimatsiyaga joylashtirishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Latviya xavfsizlik kuchlari qochqinni Belorussiya hududiga majburlab chiqarib yuborishgan.
Aytish jiozki bu birinchi holat emas, bundan oldin ham belorussiyalik chegarachilar Polsha va Latviya chegaralari yaqinida bir necha bor kaltaklangan va hatto vafot etgan yaqin sharq mamlakatidan kelgan qochqinlarni topib olgan edi.
Shu o‘rinda Yevropaning g‘alati “mehmondo‘stligi” yaqqon ko‘zga tashlanib qoladi. Bir tomondan millionlab ukrainaliklarga turar joy va pul berib ikkinchi tomondan suriyalik qochqinlarni suvuqda majburlab o‘rmonga haydashmoqda.
Aprel oyida Germaniyada ukrainalik qochqinlarni joylashtirish maqsadida minglab afg‘onistonlik qochqinlarni ular yashab turgan uylaridan chiqarib, vaqtinchalik migrantlar lagerlarga joylashtirayotgani haqida OAV ma’lum qilgan edi.
Yevropacha mehmondo‘stlik shunaqa bo‘lsa kerak.