Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev respublikaning Yevroosiyo makonida integratsiyani rivojlantirishdan samimiy manfaatdor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 9-dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida aytib o‘tdi.
“Yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, Qozog‘iston integratsiyani rivojlantirishdan samimiy va mazmunan manfaatdor. Qozog‘iston tomonidan integratsiya jarayonlarining sekinlashishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas”, - deydi Toqayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Qozog‘iston, aksincha, ittifoqqa a’zo barcha davlatlar manfaatlarini va, albatta respublikaning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaga to‘liq mos ravishda iqtisodiy integratsiya jarayonini takomillashtirish va optimallashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda.