"Moskva-Samarqand" yo‘nalishidagi aviareys Toshkent aeroportiga yo‘naltirildi

Bunga Samarqand aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagi qordan tozalanmaganligi sabab bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. "Moskva-Samarqand" yo‘nalishidagi SU1874 aviareysi Toshkent aeroportiga yo‘naltirildi.
Aytilishicha, bunga Samarqand aeroporti aerodromi yo‘lagi qordan tozalanmaganligi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 5-dekabr kuni Samarqand aeroporti noqulay ob-havo tufayli samolyotlar parvozi uchun vaqtincha yopilgandi. Aerodromini qoplab olgan qalin qor aviaparvozlar uchishi va qo‘nishi uchun aerodrom yo‘lagi holati vaqtincha yopilishiga olib kelgan.