TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Dollarning hukmronlik davri yakuniga yetmoqda, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining Bishkekdagi yig‘inida. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
U YeOII oldida turgan strategik vazifalarni sanab, milliy valyutalarda hisob-kitobga o‘tish shulardan biri ekanini qayd etdi.
“Nima bo‘lmasin ittifoqimizning qon tomir tizimini sog‘lomlashtirish lozim. Men moliyani nazarda tutapman. Barcha tushunyaptiki: dollarning hukmronlik davri yakunlanmoqda, kelajak hisob-kitoblar milliy valyutalarda amalga oshiriladigan savdo bloklari bilan bog‘liq. Belarus va Rossiya asosiy savdoda dollardan voz kechdi. Boshqa hamkorlar ham bu jarayonga faol qo‘shilishi muhim”, - deydi Lukashenko.
Boshqa strategik vazifalar qatorida u birgalikdagi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, YeOIIning ichki bozorida to‘siqlarni bartaraf etish va ittifoqning xalqaro maydondagi obro‘si hamda raqobatbardoshligini oshirishni sanab o‘tdi.