Bishkekda YeOII sammiti o‘z ishini boshladi

Qirg‘izistonga YeOII davlatlarining barcha yetakchilari yetib keldi. Sammit doirasida tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Bishkek yaqinidagi "Ala-Archa" davlat qarorgohida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
Sammitda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev, Armaniston prezidenti Nikol Pashinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ishtirok etmoqda.
Sammit doirasida tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlar o‘tkaziladi. Kenaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etadi.