Yevropa diplomatiyasi rahbarining jangovar ruhdagi militaristik bayonotlari endi hech kimni hayratlantirmay qo‘ydi. Bu ma’noda Jozep Borrelning kechagi Yevropa mudofaa agentligi yig‘ilishidagi nutqi uning avvalgi ritorikasining tabiiy davomi bo‘ldi.
Biroq, uning bayonotlarida e’tiborga molik jihatlar ham bor.
An’anaga ko‘ra, Borrelning Ukraina haqidagi izohlari OAVda jiddiy e’tiborga sazovor bo‘ldi, garchi u allaqachon Brussel tomonidan har doim takrorlanadigan pozitsiyasini yana bir marotaba aytgan bo‘lsada: ha, to‘g‘ri, agar Kiyevga harbiy yordam berish to‘xtatilsa, mojaro tez tugaydi, ammo bu holatda jang Rossiyaning g‘alabasi bilan tugaydi. Bunday bo‘lishiga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, shuning uchun “Ukrainani qo‘llab-quvvatlash” kerak.
Diplomatning Yevropaning hozirgi harbiy holati haqidagi bayonotlari ham ancha qiziq. Borrelning so‘zlariga ko‘ra, “hozir bitta Yevropa armiyasi yo‘q- 27 ta turlicha armiya bor”. Sovuq urush tugagandan so‘ng, Yevropa harbiy xarajatlarni qisqartirdi, endi esa u bu xatosini to‘g‘rilashi va harbiy investitsiyalarning kamchiligini to‘ldirishi kerak. Amaldor o‘z fikriga ko‘ra YeIning 2025-yilda mudofaaviy xarajatlari qancha bo‘lishini ham aytdi- 70 milliard yevro.
Qolaversa, Borrel Yevroittifoq doirasida harbiy kooperatsiyalarning yuqori darajaga chiqarish uchun mintaqa milliy hukumatlarini o‘z harbiy budjetlarining bir qismini nazorat qilishni Brusselga topshirishga chaqirdi.
Ushbu bayonot o‘z armiyasini mustahkamlashga faol sarmoya qiritib Germaniyaning “Yevropa xavfsizligi kafolati” bo‘lishga tayyorligini aytgan Olaf Sholsning so‘nggi bayonotlari bilan uzviy bog‘liq.
Mohiyatan olib qaraganda, ko‘z oldimizda Yevropaning harbiy strategiyaga nisbatan tektonik ilgarilashi sodir bo‘lyapti. Biroq, o‘zgarishlarning miqyosini anglash uchun masala tarixini eslatib o‘tish joiz.
Borrel Sovuq urush tugagandan so‘ng Yevropa mamlakatlari o‘z mudofaasiga sarmoyani juda qisqartirganini mutlaqo to‘g‘ri aytdi. Aslida ular o‘z xavfsizlik masalalarini NATOga, aniqrog‘i AQShga ishonib topshirib qo‘yishdi. Amerikaliklar AQShning bo‘yniga ancha qulay joylashib olishgandi: Vashington nafaqat ularni harbiy soyabon bilan ta’minlaydi, balki o‘zi buning uchun haq to‘laydi ham. Yevropaning moliyalashtirishda hissasi juda kam. Shu sababli eski dunyoning ijtimoiy -iqtisodiy farovonligi mudofaa uchun ko‘p pul sarflashga hojat qolmaganiga asoslangan edi.
Bu albatta Atlantika ittifoqining ikki tomonlama sheriklariga to‘siq bo‘ldi. Amerikaliklar har doim yevropaliklarni, birinchi navbatda g‘arbiy yevropaliklarga harbiy xarajatlarni ko‘paytirish borasida bosim o‘tkazishga harakat qilishdi. Ya’ni NATO qoidalariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning ikki foizigacha ko‘tarishga, ammo ular o‘z majburiyatlarini bajarishni ko‘p yillar davomida kechiktirib, muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatdilar.
Ushbu ziddiyatlar tabiati oddiy va ravshan edi: Yevropada o‘z mamlakatlari va fuqarolari manfaatlarini himoya qiladigan milliy elitalar kuchli edi. Nega endi katta ulushi Amerika harbiy-sanoat kompleksiga ketishi uchun katta mablag‘ ajratish kerak ekan, baribir Shtatlar to‘lab turishibdiku.
Biroq so‘nggi o‘n yillikda transatlantik sheriklar orasida obyektiv ziddiyatlar, qolaversa, AQShning global gegemon sifatida inqirozi ma’lum bo‘ldi. Va o‘shanda Yevropada, aynan milliy manfaatlarini himoya qiladigan elitalarda o‘z armiyasi- mudofaa vazifalarini oladigan to‘laqonli qurolli kuchlar haqida g‘oyalar ommalasha bordi. Ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashni Yevropaning eng nufuzli rahbarlari, jumladan, Angela Merkel kansler bo‘lgan davrida bildirgan. Shu bilan birga, bu holda Yevropaga Amerika harbiylari kerak emasligi, ya’ni suverenitetni mustahkamlash va davlatlarga qaramlikni zaiflashtirish haqida ekanligi nazarda tutilgan.
Bu yerda savol tug‘ilishi mumkin: O‘sha paytdagi Merkelning g‘oyalari va hozirgi Borrelning so‘zlari bilan qanday farq bor?
Borrel- o‘z milliy manfaatlarini himoya qiladigan emas, balki atlantik, globalistik, amerikaparast kuchlar vakili. Xuddi qimirlab qo‘yishga harakat qilgan, biroq oyoq-qo‘li zanjirband Shols kabi.
So‘nggi yilda Yevropadagi atlantikachilar o‘zlarining raqiblari bo‘lmish - mahalliy manfaatlar tarafdorlarini deyarli butunlay tor-mor etishga muvaffaq bo‘ldi va kun tartibi hamda nazorat tizimini o‘z qo‘llariga olishdi, ko‘p mamlakatlarni ular uchun shunchaki o‘z joniga qasd qilishdek tuyuladigan yo‘lga yo‘naltirishdi. Yevropa armiyasi va mudofaa xarajatlarining ko‘paytirilishi mavzusi ularning ijrosida quyidagilarni anglatadi:
1.
Shundog‘am muammoli bo‘lib turgan Yevropa iqtisodiyotidan resurslarni Amerika harbiy sanoat kompleksiga ko‘chirish2.
Yevropa qurolli kuchlarining Vashingtonga NATO strukturalari orqali so‘zsiz itoatkorligini saqlab qolish3.
Yevropaliklardan Rossiya ( va ehtimol Xitoyga) qarshi tirik nishon sifatida foyladanish.So‘nggisi noilmiy fantastika bo‘lib tuyulishi mumkin: qanday qilib zamonaviy, farovon va erka yevropaliklar tirik nishonga aylanishi mumkin? Ammo biz haqiqatda asli bo‘lishi mumkin bo‘lmagan ishlar sodir bo‘layotgan vaqtda yashayapmiz. Va bundan tashqari, ushbu fikrlarni quvishdan oldin yana biroz vaqt kutishga to‘g‘ri keladi. Qo‘ramiz, Yevropaga kelayotgan inqiroz to‘laligicha o‘zini ko‘rsatsa nima bo‘larkan, hozir esa faqatgina badavlat va o‘ziga to‘q Yevropning belini mahkam bog‘layotganini ko‘rish mumkin.
Tarix esa chin ma’noda och, qashshoq va qirilib ketish arafasida turgan yevropaliklar uchun “Drang nax Osten” (Sharqqa yurish/intilish) g‘oyasi anchayin jozibador bo‘lib ko‘rinayotganini ko‘rsatmoqda. Voqealarning qanday rivojalanayotganidan esa AQSh Yevropani aynan mana shu ssenariyga olib borayotgani ko‘rish mumkin.