Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Svatovo yo‘nalishida UQKning tayanch punktlarini yakson qilishdi - video

“Solnsepok” bilan Svatovo yo‘nalishida ukrain jangarilarining tayanch punktlari yo‘q qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiyaning G‘arbiy harbiy okrugi bo‘linmalaridan birining jangchilari “Solnsepok” og‘ir o‘tsochar tizimi bilan Ukraina qo‘shinlarining Lugansk xalq respublikasidagi Svatovo yo‘nalishidagi tayanch punktlariga zarba berishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“G‘arbiy harbiy okrugi bo‘linmalari “Solnsepok” bilan Svatovo yo‘nalishida ukrain jangarilarining tayanch punktlarini yakson qilishdi”, - deya ma’lum qilgan bo‘linma jangchilaridan biri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba ukrain harbiylari jamlangan hududga berilgan.
“Solnsepok” zarbasi uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida tuzatilgan va aniq zarba berilgan.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.