TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi Shtabi a’zolari barcha shifoxonalarni monitoring va nazorat qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev boshchiligidagi Shtab mas’ullari Toshkentdagi qator tibbiyot muassasalarining qishki davrdagi faoliyatini o‘rgandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Shtabi a’zolari
© Sog‘liqni saqlash vazirligi
“Eng avvalo, har bir bemor nazoratda ekanini o‘zimiz his qilishimiz kerak. Sovuq biz uchun dushman emas. Bunga tayyorgarligimiz bor, shayligimiz bor. Biz har bir bemor salomatligi uchun mas’ulmiz. Sutka davomida yurtimizdagi barcha shifoxonalar faoliyati monitoring va nazorat qilib borilmoqda, - deydi vazir.
Vazirning birinchi o‘rinbosari A. Inoyatov boshchiligidagi guruh Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda ham bo‘lib, ularning ishini monitoring va nazorat qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Shtabi a’zolari
© Sog‘liqni saqlash vazirligi
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston Konstitutsiyasi kunida davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Mamlakat bo‘ylab 2733 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda bo‘ladi.
Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi. Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollarga malakali mutaxassislardan tunu kun javob olish mumkin.