Rossiya biznesining Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi qanday

Sanoatchilar va tadbirkorlarning xalqaro kongressi prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Sanoatchilar va tadbirkorlarning xalqaro kongressi prezidenti Artom Chayka Rossiya biznesining Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi haqida gapirdi, deya xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanib bormoqda.
“Yirik qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Birgina 2010-yildan 2021-yilgacha jamlangan Rossiya investitsiyalari hajmi taxminan 30,5 milliard dollarni tashkil etdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida 10 mingdan ziyod Rossiyaning qo‘shma korxonalari faoliyat yuritadi, ulardan 900 mingta ish o‘rinlari yaratilgan”, - dedi Chayka Bishkek Bishkek investitsiya sammitida.
Ma’lumot uchun, so‘nggi 5-yil ichida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 170 foizga o‘sgan. Joriy yilning 10 oyida o‘sish 30 foizni tashkil etdi. Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalarining umumiy hajmi 13 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi.
Joriy yilning 10 oyi davomida mamlakatda Rossiya investitsiyalari ishtirokida 700 ta yangi korxona tashkil etilgan. O‘zbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha Rossiya yetakchi.
Ayni paytda O‘zbekistonda Rossiya kompaniyalari bilan birgalikda neft-kimyo, energetika, kon metallurgiya, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida qiymati 20 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 200 ga yaqin loyihalar amalga oshirilmoqda.