TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Bugun Toshkentda “Ezgu ishlar fursati” nomli xayriya forumi boshlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
Loyiha ishtirokchilari autizm sindromi bor bolalarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy amaliyotlari bilan tanishishadi. Bunday bolalarni maktabgacha tayyorlash usullari ko‘rib chiqiladi va moslashtirilgan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish tamoyillari o‘rganiladi.
Taklif etilgan ma’ruzachilar orasida Pedagogika, psixologiya va ijtimoiy muammolar instituti yetakchi ilmiy xodimi Olga Stukalova, yetim bolalar uchun statsionar muassasalar direktori Yelena Agafonova, “Jismoniy tarbiya va salomatlik” dasturi direktori Ilya Buri bor.
Tadbir ikki kun davomida “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida bo‘lib o‘tadi.