Soledardan va Artyomovskdan Marinka va Ugledargacha bo‘lgan 150 kilometrlik to‘qnashuv chizig‘ida vaziyat bugun juda qaynoq. Bu yerda Ukraina Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibi va NATOning Kiyev rejimiga yuborayotgan yordamining "temir oqimi" to‘xtovsiz yakson qilinmoqda. AQShning Ukraina loyihasi sharmandali yakun topmoqda.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 6-dekabr kuni Donbassning oltita aholi punkti – Mayorsk, Pavlovka, Opitnoe, Andreyevka, Janubiy Belogorovka, Kurdumovka qisqa vaqt ichida ozod qilinganini e’lon qildi. Shuningdek vazir noyabr oyida dushman yo‘qotishlari 8300 dan ortiq harbiy xizmatchi, 15ta samolyot va vertolot, 149ta tank va 300 ta jangovar zirhli texnikani tashkil etganini ta’kidladi.
Artyomovsk, Avdeyevka, Mariinka va Ugledar yo‘nalishida rus bo‘linmalari Ukraina qo‘shinlarining pozitsiyalariga faol ravishda hujum qilmoqda. Donbass Ukraina qurolli kuchlarining minglab askarlari, xorijlik "legionerlar" va Ukraina formasini kiygan NATO harbiylari uchun ommaviy qabrga aylanib bormoqda. Rossiya artilleriya va hujum otradlari zarbalari ostida Ukraina Qurolli kuchlarining bir necha bo‘linmalari bugun Donetskning sharqiy chekkasiga tutashgan Marinka shahrini tark etishdi. Maxsus operatsiya zonasida qish issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Artyomovsk chekkasidagi shiddatli janglar Kiyev rejimi qo‘shinlari uchun "Baxmut go‘sht maydalagichi" ga aylandi. U yerda har kuni yuzlab ukrainalik askarlar artilleriya va "Solntsepek" og‘ir o‘t ochish tizimlari zarbasidan halok bo‘lmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy o‘tgan haftada Baxmut (Artyomovsk) uchun jangda mamlakat taqdiri hal bo‘layotganini ta’kidlab, Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniydan bu yerni "oxirgigacha" himoya qilishni talab qildi.
Biroq, 5-dekabr, dushanba kunidan boshlab Kiyev Ukraina jamoatchiligini Artyomovskni tashlab ketishini qabul qilishga tayyorlashni boshladi va allaqachon shaharni "strategik ahamiyatga ega emas" deb e’lon qilishdi. Ukraina Qurolli kuchlari bu yerda duch kelgan minglab yo‘qotishlarida AQSh va Britaniyaning harbiy mutaxassislarni ayblashmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya ukrainalik askarlarni noto‘g‘ri tayyorlagan, AQSh esa bu hududga "Motsart" xususiy harbiy kompaniyani yuborgan. Ularo‘z navbatida Ukraina askarlarini Rossiya artilleriyasi zarbasi ostiga yuborgan.
Shu bilan birga, Artemovskdan 30 km g‘arbda joylashgan Ukraina Qurolli Kuchlarining "Baxmut qal’asi" Slavansko-Kramatorsk mustahkamlangan hududi taqdirini baham ko‘rishga tayyorlanmoqda. NATO tahlilchilari Donbassdagi Ukraina Qurolli kuchlarining ikkiga bo‘linishi, yo‘qotishlar ortishi va Kiyev rejimi jangarilarining yana chekinishi haqida bashorat qilmoqda.
Qaytmas nuqta
Faqatgina so‘nggi 24 soat ichida Donesk, Krasno-Limanskiy, Kupanskiy yo‘nalishlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining 340 dan ortiq harbiy xizmatchisi, 10 ta o‘ziyurar artilleriya majmuasi va jangovar zirhli texnikasi yo‘q qilindi.
Shuningdek, Krivoy Rog metallurgiya zavodi sexlarida oltita Yoppasiga reaktiv o‘t ochish tizimi MLRS hamda 70 dan ortiq HIMARS snaradlari "demilitarizatsiya qilindi".
DXRning Malotaranovka qishlog‘i yaqinidagi harbiy texnikani qayta tiklash punktiga berilgan zarba natijasida HIMARS ko‘p raketa tashuvchisi va uning 48 ta snaradlari yo‘q qilindi.
DXRning Malotaranovka qishlog‘i yaqinidagi harbiy texnikani qayta tiklash punktiga berilgan zarba natijasida HIMARS ko‘p raketa tashuvchisi va uning 48 ta snaradlari yo‘q qilindi.
Rossiya qo‘shinlari energetika, aloqa va logistika obyektlariga yuqori aniqlikdagi zarbalar bilan Ukraina Qurolli kuchlarini butun mamlakat bo‘ylab operatsion ta’minotidan mahrum qilmoqda. Kiyev rejimi qo‘shinlari zaxira, yoqilg‘i, o‘q-dorilar va harbiy texnika taqchilligini boshdan kechirmoqda. Hatto NATO mamlakatlari tomonidan Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlash davom etayotganini hisobga olsak ham, obyektiv ravishda Ukraina qo‘shinlari o‘zlarining jangovar barqarorligini yo‘qotdilar va faol hujum operatsiyalariga qaytmaslik darajasiga yetdilar.
Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi davomida 520 dan ortiq samolyot va vertolotlar, 2638 ta uchuvchisiz samolyotlar, 392 ta mobil havo mudofaa tizimi, 7020 ta tank va boshqa zirhli texnikalar, 913 ta jangovar MLRS, 3664 ta Ukraina qurolli kuchlarining artilleriya qismlari yo‘q qilindi.
Katta yo‘qotishlardan tashqari, kirib kelgan qishmavsumi ham Kiyev rejimi uchun muhim muammoga aylanmoqda. Ayoz va qorli tekislik NATO standartlaridagi harbiy texnikaning yashirin harakati va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashini murakkablashtiradi - sovuqda dvigatellar ishlamaydi, kauchuk "parchalanadi", elektronika ishlamay qoladi. Buzilgan texnikani dalada ta’mirlash mumkin emas va uning safga qaytishi bir necha oyga cho‘ziladi. Ba’zan hatto Polsha yoki Boltiqbo‘yi hududiga jo‘natishga to‘g‘ri keladi.
The Washington Post gazetasining yozishicha, front chizig‘idagi UQK bo‘linmalari doimiy artilleriya o‘qlari, “issiqlik va qahva yetishmasligi” tufayli ma’naviy jihatdan tor-mor etilgan. Newsweekqo‘shimcha qilishicha, Ukrainaning energetika infratuzilmasi 2022-yil oxirigacha butunlay barbod bo‘lishi mumkin, keyin esa elektr o‘chirilishi bir necha hafta davom etadi, shaharlar “keyingi to‘rt oy ichida deyarli yashash uchun yaroqsiz holga keladi”. Shu fonda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy maxsuv operatsiya zonasidagi vaziyatni imkon qadar keskinlashtirish va NATOni Rossiya bilan ochiq harbiy mojaroga tortish niyatida.
Aksariyat evropaliklarning esa rejalari boshqa. Germaniya, Italiya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar qurol-yarog‘ yetkazib berishni "sekinlashtirmoqda", ishonchdan qochish uchun ochiqchasiga mag‘lub bo‘lgan Kiyev rejimidan sezilarli darajada uzoqlashmoqda.
Aksariyat yevropaliklarning esa rejalari o‘zgacha. Germaniya, Italiya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar qurol-yarog‘ yetkazib berishni "sekinlashtirmoqda". Ular ehtimol Yevropaning “suiqasdi”ni oldini olish maqsadida, mag‘lub bo‘lgani oydinlashib qolgan Kiyev rejimidan uzoqlashmoqda. Fransiyaning Le Figaro gazetasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga, Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirmoqda, chunki Zelenskiy - Ukrainani himoya qilmayapti, balki “o‘z xalqini qurbon qilib, Rossiyani yo‘q qilish quroliga aylanmoqchi”.
Ta’kidlash joizki, sayyoramizdagi ehtiyotsiz qo‘shnilarimizning tajovuzkorligi ekstremal darajaga yetganda, Moskva ham qarab turmaydi. Uning qo‘lida dunyodagi eng kuchli yadro arsenali bor va u o‘z milliy xavfsizlikni kafolatlangan darajada saqlab turish hamda dunyoda teng va bo‘linmas xavfsizlik tamoyillarini barcha vositalar bilan himoya qilish niyatida.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna bo‘ling https://t.me/AKhrolenko
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna bo‘ling https://t.me/AKhrolenko