Dekabr oxirida Sankt-Peterburgda MDH rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi

Rossiya prezidentining xalqaro ishlar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov dekabr oxirida an’ana binoan MDH rahbarlarining norasmiy sammiti o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Dekabr oxirida Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining xalqaro ishlar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov brifing davomida ma’lum qildi.
“Sizlarni dekabr oxirida, yuzaga kelgan an’anaga ko‘ra, Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy, do‘stona uchrashuvi bo‘lib o‘tishidan xabardor qilaman”, - dedi Ushakov.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov yil oxiriga qadar MDH rahbarlarining norasmiy sammitini o‘tkazish g‘oyasi borligini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Sammitda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashgan edi.
Unda ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilingan edi.