“Air Arabia” Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishidagi reyslar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. 7 dekabr kuni “Air Arabia” aviakompaniyasining Abu-Dabidan uchgan samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Abu-Dabi-Toshkent-Abu Dabi yo‘nalishidagi reyslar muntazam ravishda chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
“Air Arabia” kompaniyalar guruhi ijrochi direktori janob Adel al Alining so‘zlariga ko‘ra, BAA va O‘zbekiston o‘rtasidagi reyslar va yo‘nalishlar sonining ko‘payishi turizm, savdo va ishbilarmonlik faoliyatini rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida “Air Arabia” Sharja va Namangan o‘rtasida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ygan edi.