Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga ham cheklovlar kiritilmoqda

Hozirda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Yuqori kuchlanishli elektrtarmoqlariga ham cheklovlarkiritilmoqda. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Aytilishicha, hozirda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda.
Shundan kelib chiqib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi cheklovlar elektr energiyasini ishlab chiqarish obyektlari, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari, transformator punktlari hamda podstansiyalarda yuklamalarning ortishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida kiritilmoqda.
“Ayni vaqtda, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar va shifoxonalarning elektr ta’minoti nazoratga olingan. Hududlarda cheklov kiritilganligi sababli, elektr ta’minotida o‘chishlar kuzatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Yuqoridagi uzilishlarni o‘z vaqtida tiklash uchun doimiy "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali elektr energiyasini ishlab chiquvchi va yetkazib beruvchi turdosh korxonalar bilan muntazam zaruriy choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qilindi.
Hududlarda elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida yuzaga kelayotgan nosozliklar, avariyali uzilishlar "tuman elektr ta’minoti korxonalarining avariyaga qarshi tezkor brigadalari tomonidan tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda bartaraf etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yirik avariyalar vujudga kelishini oldini olish maqsadida turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritilgan edi.