Doneskning Voroshilov tumanidagi bolalar bog‘chasi binosi Ukraina qo‘shinlari o‘qqa tutishi oqibatida shikastlandi. Bu haqda shahar meri Aleksey Kulemzin ma’lum qildi.
“26-bolalar bog‘chasi binosi derazalari shikastlandi”, - deb yozdi Kulemzin o‘zining telegram kanalida.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.