TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Toshkentda 8-14 dekabr kunlari boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqa oldidan Milliy olimpiya qo‘mitasida matbuot anjumani tashkil etildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Musobaqalarda Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘stmatov, Lazizbek Mullojonov va boshqa bokschilar ishtirok etishadi.
“Bu chempionat Osiyo o‘yinlari va boks bo‘yicha jahon chempionati oldidan tayyorgarlik va saralash bosqichi bo‘ladi”, - dedi O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi.
Musobaqalar poytaxtdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.