Samarqand universiteti Katta Oltoy turkiy olamini o‘rganishni rivojlantiradi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Katta Oltoy oltoyshunoslik va turkiyshunoslik ilmiy-ma’rifiy markazi orqali OTMlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi. Universitet rektori 2022-yildan Osiyo universitetlari assotsiatsiyasiga rahbarlik qiladi.
Sputnik
Bu haqida universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Ahatov seshanba kuni “Rossiya segodnya” matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Buyuk Oltoy turkiy dunyosi” loyihasining 2022-yilda amalga oshirish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining ta’lim sohasida integratsiyasining muhimligini ta’kidlar ekan, Akmal Ahatov Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov ikki yil mobaynida Osiyo universitetlari assotsiatsiyasiga rahbarlik qilayotganini eslatib o‘tdi. Assotsiatsiya 2013-yilda Oltoy davlat universitetining tashabbusi bilan yaratilgan va bugungi kunda mintaqaning eng yirik va faol universitet assosiatsiyasi hisoblanadi.
“Rektor rahbarligida ayni kunlarda asosiy tematik yo‘nalishlarda ekspertlar guruhlarini tuzapmiz. Asosiy vazifalardan biri- assotsiatsiyaning tarkibi va geografiyasini kengaytirish, mamlakatlar va mintaqalar ehtiyoji uchun aniq ilmiy va amaliy yo‘nalishlarini faollashtirish”, - deydi u.
Akmal Ahatovning ma’lum qilishicha, Samarqand davlat universiteti 2022-yilda Oltoy davlat universiteti va “Katta Oltoy” turkiyshunoslik va oltoyshunoslik ilmiy-ma’rifiy markazi orqali O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston OTMlari bilan bilan hamkorlikni faollashtirdi va Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyatlarini o‘rganishga qaratilgan qo‘shma loyihalarda ishtirok etadi.
“Loyiha guruhlarining rahbarlari bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab oldik, Samarkand davlat universiteti olimlarini “Buyuk Oltoyning turkiy olami: tarix va zamonaviylikda umumiylik va xilma-xillik” loyihasi yo‘nalishlaridagi ishlarga jalb etish uchun rejalarimizni aniqladik. Ayni paytda hamkorlik detallari, jumladan, 2023-yilda qo‘shma ekspeditsiyalarda ishtirok etish, qo‘shma ilmiy loyihalar va nashrlarni tayyorlashni yakunlayapmiz”, — deydi prorektor.
“Katta Oltoy turkiy olami” loyihasi Oltoy davlat universitetining oltoyshunoslik va turkiyshunoslik ilmiy-ma’rifiy markazi tomonidan Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi- turk sivilizatsiyasining tarixiy va madaniy qadriyatlarini o‘rganish asosida Katta Oltoy va Markaziy Osiyo mamlakatlar universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlaridan olimlarni birlashtirishdir.
Bugungi kunda loyihada 30 ta xorijiy va Rossiya universitetlari ishtirok etishmoqda. 70 nafar doimiy ishtirokchilar ilmiy-tadqiqiy, ma’rifiy va axborot loyiha guruhlari tarkibiga kiradi, deydi loyiha rahbari, Oltoy universiteti prezidenti Sergey Zemlyukov.
“Ilmiy konferensiyalar va ekspertlar sessiyalaridan biz loyihani amaliy jihatdan bajarishga kirishdik. Agar 2021-yilda Qirg‘iziston va Oltoyda to‘rtta ekspeditsiya o‘tkazgan bo‘lsak, 2022-yilda ularning soni beshtaga yetdi. Bu ekspeditsiyalarning natijasi Oltoyning turkiylar davridagi yodgorliklar xaritasi, shuningdek, Rossiya va Markaziy Osiy mamlakatlari turkiy va slavan xalqlarining madaniy-tarixiy birlik konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘ldi. Ushbu ishlar natijasi “Katta Oltoy- turkiylarning ota makoni” virtual muzeyi va sakkizta monografiyaga asos bo‘ldi. Kelajakda ushbu davrga oid haykallar va petrogliflar xaritasini yaratish rejasi ham bor”, - deydi loyiha rahbari.
Rossiya Fanlar Akademiyasi Sibir bo‘limi arxeologiya va etnografiya instituti ilmiy rahbari, loyihaning halqaro ekspertlar kengashi rahbari Anatoliy Derevanko izlanuvchilarning birgalikda ishlashi yaxshi natijalarga erishganini alohida ta’qidlab o‘tdi va loyihada ishtirokchilari soni va moliyalashtirishni kengayshtirishga talab borligini aytdi.
“Ekspeditsiyalar, muzey va arxivlardagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti. Ushbu loyiha muddatini uzaytirish muhim, chunki u nafaqat ilmiy-ma’rifiy, balki jipslashtiruvchi ahamiyatga ham ega. U bizni do‘stlik va birga ishlagan davrlarimizga qaytaradi”, - deydi u.
Munozara ishtirokchilari turkiy xalqlarning tarixiy-madaniy merosini o‘rganish, saqlash va siyosat manfaatlarida emas, balki ilm-fan manfaatlarida foydalanish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.