Peskov dekabr oxirigacha MDH norasmiy sammiti o‘tkazilishini istisno qilmadi

Kreml yil qadar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitini o‘tkazish g‘oyasi borligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Yil oxiriga qadar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) norasmiy sammitini o‘tkazish g‘oyasi bor. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Yangi yil oldidan bunday uchrashuvni, MDH sammitini nazarda tutapman, o‘tkazish g‘oyasi bor. Barcha kelishuvlar yakunlangandan keyin tegishli bayonotni e’lon qilamiz”, - dedi Peskov brifing davomida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Sammitda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashgan edi.
Unda ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilingan edi.