O‘zbekistonda 16 ta din vakillari bag‘rikenglik asosida yashab kelmoqda - mutaxassis

Diniy bag‘rikenglik – o‘zaro hamdo‘stlik va tenglik tamoyillariga asoslanadi. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglikni rivojlantirish yo‘lida qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida Sputnik maqolasida.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek - Sputnik. “O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik – o‘zaro hamdo‘stlik, birodarlik va tenglik tamoyillariga asoslanadi, dedi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov.
O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat hamda 16 ta diniy konfessiya vakillari bag‘rikenglik tamoyili asosida tinch-totuv yashab kelmoqda.
Bugungi kunda Respublika hududida 174 ta xristian diniy tashkiloti, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy jamoalari, 1 ta krishnani anglash jamiyati, 1 ta buddaviylar ibodatxonasi va 1 ta O‘zbekiston Bibliya jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Masalan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan "Agape" to‘liq Yevangel xristian cherkovi 160-son bilan, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasi 4-uy joylashgan "Yettinchi kun xristian adventistlar cherkovi" cherkovi 320-son bilan, Farg‘ona shahrida joylashgan Novoapostol cherkovi 216-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
2022 yilda Yangi O‘zbekiston bog‘ida respublikadagi 16 tadiniy konfessiya vakillari ishtirokida “Bag‘rikenglik bog‘i”tashkil etildi.
“Ushbu bog‘ning barpo etilishi ham atrof-muhitni himoya qilish, yurtimizni pokiza saqlashda munosib hissa qo‘shish yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Ayniqsa, dunyoda ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolar, fojialar qarshisida insoniyatning ojiz qolayotgani, bizdan talab etiladigani ne’matlarga shukr qilib, uni asrab-avaylashga turtki beradi”, deydi Ilhom Ma’rufov.
Shunigngdek, O‘zbekistonda yil boshidan buyon 11 ta yangi masjid davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 49 ta masjid qayta qurildi, 35 tasi qayta ta’mirlandi. Hozirda yana 325 ta masjidda qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
"Diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar va o‘sib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat, turli millat va e’tiqod vakillariga nisbatan bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash hamda terrorizm, ekstremizm, turli oqimlardan yoshlarni asrashga qaratilgan ko‘plab loyihalarni amalga oshirmoqdamiz”, - dedi qo‘mita vakili.
Mamlakatda noislomiy konfessiyalar bilan ishlash, boshqa din vakillarining e’tiqodini qullab-quvvatlashga katta e’tibor beriladi. Farg‘ona, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 3 ta yangi noislomiy diniy tashkilot ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Undan tashqari, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazlari ishga tushdi. 5 ta ilmiy maktab, 10 ta o‘rta maxsus bilim yurti va 3 ta OTM faoliyatiga yo‘lga qo‘yildi. Bularning bariga O‘zbekiston Musulmonlar idorasi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan (homiylari hisobida) mablag‘ yo‘naltiriladi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi boshqa davlatlardagi musulmonlar idoralari, jumladan Rossiya musulmonlar diniy jamiyati bilan ham. Noyabr oyida “Minor” masjidi imomi Abdulbasir Kamalov Moskva shahriga tashrif buyurdi va musulmonlar bilan diniy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazdi.