TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Amerikacha globallashuv nihoyasiga yetdi. Endi G‘arbning injiqliklariga bog‘liq bo‘lmaydigan yangi tizim qurilmoqda, deydi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Primakov o‘qishlari” xalqaro forumidagi chiqishida.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya “o‘zining to‘liq ishonchsizligi, muzokaraga layoqatsizligi va yolg‘onchiligini isbotlagan” G‘arb, butun dunyo ular yaratgan globallashuv jarayonlarida vijdonan ishtirok etadi va ularni suiiste’mol qilmaydi, degan xayoldan voz kechishni istamaydi.
“Amerikacha globallashuv tugadi. Ba’zi qolgan jarayonlar muqarrar ravishda boshdan kechirilishi kerak, ammo parallel ravishda yangi tizim qurilmoqda – ham moliyaviy, ham logistik, bu bizning g‘arblik sobiq hamkorlarimizning injiqliklari va manmanlik tuyg‘ulariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak”, - deya Lavrovnnig so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning BRIKS, ShHT, YeOII, MDH doirasida haqiqiy hamkorlari bor.