Kelasi yildan Namangan viloyatiga Rossiyadan sayyohlar jalb etiladi

Namangan viloyati turizm turlari bo‘yicha qiymati 7,916 dollarlik shartnoma imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Namangan viloyatiga Rossiya va boshqa bir qator davlatlardan 1,5 millionga yaqin sayyohlar jalb etiladi. Bu bo‘yicha “Ipak yo‘lida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida kelishuvlarga erishildi.
“Ipak yo‘lida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Namangan viloyatining eko turizm, ziyorat turizm, gastronomik turizm, turistik dam olish maskanlari, ko‘ngil ochar maskanlari, ekstremal turizm obyektlariga investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuvlariga erishildi.
Unga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyidan boshlab viloyatga Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Koreya, Malayziya, Ozarbayjon va boshqa davlatlardan sayyohlar jalb etiladi.

Tadbir davomida Namangan viloyati turkompaniyalar, mehmonxonalar, muzeylar va boshqa turdagi turizm turlari bo‘yicha qiymati 7,916 dollarlik jami 952ta shartnoma imzoladi.

“Ipak yo‘lida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro turizm yarmarkasida poytaxt tadbirkorlari tomonidan umumiy hisobda 84,2 mln dollarlik 1 868ta kelishuvga erishildi.
Yarmarkada dunyoning 30 davlatidan 300ga yaqin xorijiy kompaniya hamda firmalar ishtirok etdi. Shuningdek, Respublikaning barcha hududlari tomonidan har bir hududning turistik salohiyati hamda imkoniyatlari faol targ‘ibot qilindi.
Bu yil TXTYa ilk bor homiylar ko‘magida o‘tkazilmoqda. Sankt-Peterburg ko‘rgazma hamkorlaridan biriga aylandi.