TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Yevropa hali o‘z manfaatlarini himoya qila olmaydi, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning AQShga tashrifi natijalari buni tasdiqladi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Primakov o‘qishlari” xalqaro forumidagi chiqishida.
“Yevropada AQSh manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan manfaatlar mavjudligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Yevropaning bu manfaatlarni himoya qila olmasligi, menimcha, bu ham tibbiy haqiqatdir”, - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi RIA Novosti.
Lavrovga ko‘ra, hech bo‘lmaganda Makronning Vashingtonga tashrifining aniq natijalari yo‘qligi uning fikrini tasdiqlaydi.
Makron 29-noyabrdan 2-dekabrgacha AQShda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Safar davomida u AQSh yetakchisi Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazdi, tomonlar Ukrainadagi vaziyat, iqtisodiyot, energetika va kosmik hamkorlik masalalarini muhokama qildi.