YaIMning aholi jon boshiga o‘sish sur’ati sekinlashdi

Yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga o‘sishi o‘tgan yilga qaraganda 1,7 foizga kamaygan.
Sputnik
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot 3,6 foizga o‘sdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,7 foizga kam, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davrida 5,3 foizga o‘sgan edi. Taqqoslash uchun, joriy yilda aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi o‘tgan yilning mos dariga nisbatan 1,7 % ga sekinlashgan.
Yillar kesimida aholi jon boshiga YaIMning o‘sish (kamayish) sur’atlari:
2018 yil yanvar-sentabr – 3,8 foiz;
2019 yil yanvar-sentabr – 3,7 foiz;
2020 yil yanvar-sentabr – -1,4 foiz;
2021 yil yanvar-sentabr – 5,3 foiz;
2022 yil yanvar-sentabr – 3,6 foiz.
Avvalroq Markaziy bank 2022-yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi 5,8 foizni tashkil etib, qurilish ishlari va chakana savdo sohalarida o‘sish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori bo‘lganini ma’lum qilgandi.