TOShKENT, 6 dek - Sputnik. O‘tgan tunda Ukraina Qurolli kuchlari Donesk shahri markaziga 10dan ortiq raketa uchirdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, raketalardan bir nechasi ko‘p kavatli aholi turar joylariga kelib tushgan. Zarba oqibatida 4 kishi qurbon bo‘lgan, 3 kishi jarohatlangan. RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida DXR deputati Mariya Pirogova ham qurbon bo‘lgan.
Shuningdek, raketalardan biri Donesk bozoriga va savdo markaziga kelib tushgan. Buning oqibatida kuchli yong‘in boshlangan.
Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning strategik muhim harbiy obyektlari, o‘q-dori omborlari, qo‘mondonlik-boshqaruv punktlariga zarba bermoqda, Ukraina harbiy infratuzilmasini ishdan chiqarmoqda.