TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Yevropa Ukrainadagi vaziyatga aralashish bilan bog‘liq xarajatlar tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishi kerak, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa va AQSh Ukrainadagi mojaroda “bir xil prinsiplar uchun” ishtirok etayotgani, biroq ular to‘layotgan narx Atlantika okeanining har ikki tomonida bir xil emasligini aytgan edi.
“Prezident Makron haq: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning narxi Atlantika okeanining har ikki tomonida bir xil emas. Agar Yevropa sanoatini omon saqlab qolishini istasak, energiya inqirozini tezda hal qilishimiz kerak. Sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi”, - deb yozadi siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.