Ichki ishlar kuchaytirilgan xizmat tartibiga o‘tkazildi - foto

Ichki ishlar vaziri fuqarolarga qiyin vaziyatlarda ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tegishli buyruq qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Ichki ishlar organlarining barcha shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan xizmat tartibiga o‘tkazildi. Bu bo‘yicha Ichki ishlar vazirining buyrug‘i qabul qilindi.
Bunday tartib noqulay ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash, hayoti va sog‘lig‘i hamda mulkini himoyalash, shuningdek qiyin vaziyatlarda ko‘mak ko‘rsatish maqsadida joriy etildi.
“O‘zingizga yoki yaqinlaringizga nisbatan har qanday tahdidli vaziyatlarda, xonadonda, ko‘chada yoki yo‘llarda bo‘lishingizdan qat’iy nazar Ichki ishlar organlariga 102, 1102 va 1173 qisqa raqamlari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ob-havoning keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi va yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lgani sababli yo‘l harakati qatnashchilari bir qator noqulayliklarga duch kelishmoqda. Haydovchilar va piyodalar uchun xavfni kamaytirish maqsadida shahar ma’muriyati muzlamalarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor ishlarni amalga oshirmoqda.
1 / 10
2 / 10
3 / 10
4 / 10
5 / 10
6 / 10
7 / 10
8 / 10
9 / 10
10 / 10