Alisher Usmonov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Usmonov bu lavozimda 2018-fevralidan buyon ishlab kelayotgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Alisher Ataxanovich Usmonov Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha prezident davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Bunga uning boshqa ishga o‘tishi sabab qilib ko‘rsatilgan, deya yozadi O‘zA.
Usmonov (1964 yilda tug‘ilgan) bu lavozimda 2018-fevralidan buyon ishlab kelayotgan edi.
Ilgari u prezidentning Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri vazifasida ishlagan. Bundan tashqari, Kosonsoy tuman sudining raisi, Mingbuloq tumani prokurori va boshqa lavozimlarda ham faoliyat yuritgan.