Markaziy Osiyoda suvdan foydalanish muammolari tobora ortib bormoqda. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) 6-dekabr, seshanba kuni, mintaqadagi suv-energetika kompleksini tartibga solishga bag‘ishlangan hisobotini taqdim etdi.
Markaziy Osiyodagi yerlarning cho‘llanishiga qaysi omillar ta’sir qilmoqda va qanday iqtisodiy loyihalar evaziga bu jarayonni to‘xtatish mumkin? Ushbu maqolada bank tadqiqotining eng muhim joylari keltirilgan.
Transchegaraviy darolar – umumiy muammolar
Hech kimga sir emaski, Markaziy Osiyoda suvdan foydalanish muammosi kompleks xususiyatga ega – mintaqaning barcha yirik darolari transchegaraviy. Masalan, Orol dengizi havzasi mintaqada suv resurslari bilan ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi, deb eslatishgan YeOTB tahlilchilari. U Tojikiston, O‘zbekistonning deyarli butun hududini, Turkmanistonning katta qismini, Qirg‘izistonning to‘rtta hududini va Qozog‘istonning Janubiy qismini qamrab oladi.
“Orol dengizi havzasining suv resurslari asosan Sirdaryo va Amudaryo darolari havzalariga tegishli. Markaziy Osiyo hududining 60 foizini qamrab olgan Orol dengizi havzasi hududida 2020-yil holatiga ko‘ra 60 million kishi yoki mintaqa aholisining qariyb 80,7 foizi istiqomat qiladi.
Yaqin o‘tmishda, o‘tgan asrning 60-yillarida, Orol dengizi Yerning eng katta suv chiqmaydigan suv havzalaridan biri bo‘lgan va dunyoning buyuk ko‘llariga tegishli bo‘lgan”, deb yozishadi hisobot mualliflari.
Orol dengizining o‘ziga faqat ikkita daryo quyiladi — Amudaryo va Sirdaryo, va ikkalasi ham muammoli. Amudaryo - Markaziy Osiyodagi eng yirik daryo. Biroq Amudaryoning asosiy oqimi Tojikiston hududida shakllanadi. Keyin daryo Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegarasi bo‘ylab oqadi, Turkmanistonni kesib o‘tadi va yana O‘zbekistonga qaytib, Orol dengiziga quyiladi.
O‘rta oqimda ikkita yirik o‘ng irmoq (Kofarnihon va Surxondaryo darolari) va bitta chap irmoq (Kunduz darosi) Amudaryoga quyiladi. Keyin Orol dengiziga qadar unga bitta ham irmoq quyilmaydi. Daroning oziqlanishi asosan erigan qor va muzlik suvlaridan iborat bo‘lib, bu Amudaryoning asosiy muammosidir. Ikkinchidan, suvning loyqaligi bo‘yicha Amudaryo dunyoda birinchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Sirdaryoga kelsak, bu o‘rta Osiyodagi ikkinchi va eng uzun daryo. Uning asosiy oqimi Qirg‘iziston hududida hosil bo‘ladi. Keyin Sirdaryo O‘zbekiston va Tojikistonni kesib o‘tib, Qozog‘iston hududidagi Orol dengiziga quyiladi. Daroni mavsumiy tartibga solishning asosiy yuki sovet davrida qurilgan murakkab gidroelektrostansiyalarga to‘g‘ri keladi. Ammo sovet merosi abadiy emas va u eskirmoqda.
Sovet infratuzilmasi nimalarning uddasidan chiqilmayapti
Markaziy Osiyodagi sovet uslubidagi GESlar asosan mintaqada qishloq xo‘jaligining ustun roli va eng muhimi, aholining kamligi sababli yerlarni sug‘orish uchun mo‘ljallangan edi. SSSR parchalangandan keyin mintaqa mamlakatlarida sezilarli iqtisodiy va demografik o‘zgarishlar yuz berdi. Birgina O‘zbekistonda aholi soni 15 milliondan ziyod kishiga ko‘paydi.
“Qishloq xo‘jaligi mintaqa iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib qoldi, ammo uning tuzilishi va tashkil etilishi tubdan institutsional o‘zgarishlarga duch keldi: yirik kolxozlar va sovxozlar o‘rniga kichikroq fermer xo‘jaliklari tashkil etildi, bu esa sug‘oriladigan dehqonchilikning ahamiyatini pasayishiga yordam berdi” - deyiladi hisobotda.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlarida qazib olish sanoati faol rivojlana boshladi – yoqilg‘i-energetika minerallarini qazib olish ulushi oshdi. Shunga ko‘ra, suv resurslariga yangi, sanoat ehtiyojlari paydo bo‘ldi – 1997-yildan 2018-yilgacha ular 32 foizga o‘sdi, deyiladi YeOTB hisobotida.
Bundan tashqari, agar sovet davrida mintaqada energiya ta’minoti va suvdan foydalanish rejimining ishonchliligini ta’minlaydigan yoqilg‘i-energetika kompleksi mavjud bo‘lsa, endi har bir mamlakat energiya masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi. Va har bir mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida 2050-yilgacha energiya iste’moli oshishi kutilmoqda.
Bu davr Sirdaryo va Amudaryo havzalarida suv miqdorini kamaytirish bo‘yicha ekologlarning prognozlariga to‘g‘ri keladi. Shu sababli, mamlakatlar suv omborlari hajmini to‘plash yo‘nalishi bo‘yicha birgalikda ishlashlari kerak, aks holda butun mintaqada elektr energiyasini ishlab chiqarish kamayishi va suv tanqisligi yuzaga kelishi mumkin.
“Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik etarli bo‘lmagan taqdirda (jumladan, suv-energetika integratsiyasi qoniqarsiz bo‘lsa), kelajakda 2050-yilgacha Markaziy Osiyo mamlakatlari" “suv tanqisligi” holatiga yaqinlashishi mumkin”, - deb taxmin qilishmoqda YeOTB iqtisodchilari.
Orol muammosi
Yerlarning degradatsiyasi muammosi hamda mintaqada suv resurslaridan foydalanish samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan sug‘orish va drenaj tizimlarining intensiv eskirishini ham qayd etish zarur, deb yozishadi bank tahlilchilari.
“Orol mintaqasidagi ekologik vaziyatning keskin yomonlashishi tabiiy ekotizimlarning degradatsiyasiga, cho‘llanishning kuchayishiga, tuproqning sho‘rlanish jarayonlarining faollashishiga olib keldi, Orol dengizining qurishi odamlar va atrof muhim uchun xavfli bo‘lgan dengiz tubining tuzlar, o‘g‘itlar, pestitsidlar bilan boyitilgan ulkan hududlarining paydo bo‘lishiga olib keldi”, - deb tushuntirishadi hisobot mualliflari.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, har yili Orol dengizi havzasidan 70 million tonna tuz chiqariladi va 1,5-2 million kvadrat kilometr maydonga o‘tiradi. Bu, shuningdek, cho‘llanish jarayonlarining yanada tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Hamkorlik hal qilishning yo‘li
Yuqoridagi barcha omillar gidroenergetikadan foydalanish sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni oshirish muhimligini kuchaytiradi, deb hisoblaydi YeOTB.
“Transchegaraviy darolar havzalarida suvdan foydalanishning uzoq muddatli strategiyasini birgalikda ishlab chiqish kerak, bu GESlarning sug‘orish ehtiyojlarini hisobga olgan holda suv omborlari bilan kelishilgan ishlashini ta’minlaydi” - deya qayd etishgan bank mutaxassislari.
Avvalo, qishloq xo‘jaligi sohasida muvofiqlik zarur, deya hisoblashadi iqtisodchilar. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining suv xo‘jaligi siyosati qishloq xo‘jaligi manfaatlariga bo‘ysunadi — mintaqada ishlatiladigan suvning 86 foizi sug‘orish maqsadlariga sarflanadi. Biroq bunday agrar siyosat suv resurslari tanqisligining yanada kuchayishining sabablaridan biridir. Mintaqaviy ixtisos deb ataladigan narsa ushbu muammoni hal qilishga ko‘maklashadi.
“Yuqori sifatli don ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlarining don mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, yirik yaylov hududlariga ega bo‘lgan Qozog‘iston mintaqa mamlakatlari uchun sifatli chorvachilik mahsulotlarining asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lardi. Bu boshqa mamlakatlarda don bilan band bo‘lgan yerlarning katta maydonlarini bo‘shatish, bunday yerlarni sug‘orish va chorvachilik uchun ozuqa yetishtirish uchun suv olishni kamaytirish imkonini bergan bo‘lardi”, - deya misol keltirishgan hisobot mualliflari.
Bundan tashqari, YeOTB yangi tuzilma – Markaziy Osiyo xalqaro suv-energetika birlashmasini tashkil etishni taklif qilmoqda. Ushbu birlashma mintaqaning suv va energetika sohalarida milliy va transchegaraviy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘ topish va ta’minlashning asosiy funksiyasini o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lardi.
Birlashma uchun Yevroosiyo banki iqtisodchilari yuridik shaxs sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan xalqaro tashkilot shaklini taklif qilishmoqda. Kompaniyaning sho‘’ba korxonalari esa milliy huquq doirasida ishlagan bo‘lar edi.