"Yangi O‘zbekiston" bog‘i vaqtincha yopildi

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida profilaktika ishlari olib boriladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. “Yangi O‘zbekiston” bog‘i vaqtincha yopildi.
Bog‘ ma’muriyati ma’lum qilishicha, 5-11 dekabr kunlari “Yangi O‘zbekiston” bog‘i mehmonlarni qabul qilmaydi. U yerda profilaktika ishlari olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Yangi O‘zbekiston" bog‘idagi "Istiqlol" majmuasi Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari sababli vaqtincha yopilgani ma’lum qilingandi. Bayramga tayyorgarlik ishlari sababli majmua 15-noyabrdan - 20-dekabrga qadar jamoat uchun faoliyat olib bormaydi.