"S&P” O‘zbekiston YaIM o‘sish kutilmasini 3,5 %dan 5,8 %gacha oshirdi

“S&P” 2022-yilda O‘zbekiston real yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’ati 5,8 foizgacha o‘sishini prognoz qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek - Sputnik. “Standard & Poor's” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingini “VV-” (barqaror kutilma) darajasida qayta tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Agentlik hisob-kitobiga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish kutilmasi 3,5 foizdan 5,8 foizgacha oshishi kutilmoqda. Buning asosiy omillari sifatida, Respublikaga pul o‘tkazmalari oqimining oshishi, eksport hajmi va davlat xarajatlarining ortishi deyilgan.
Shuningdek, hisobotda O‘zbekisotn nisbatan mustahkam fiskal va tashqi zaxiralarga ega ekani va respublika iqtisodiyoti kelgusi 12 oy davomida tashqi shoklar hamda global iqtisodiyot sekinlashishining qo‘shimcha salbiy ta’sirlarini kamaytirish imkoniyatiga egaligini ham qayd etilgan.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, hukumat likvid aktivlari YaIMga nisbatan 17 foizni, foydalaniladigan xalqaro zaxiralar YaIMga nisbatan 32,6 foizni tashkil etgan.
Shu bilan birga, hisobotda Respublikada amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlari va davlat korxonalari sektoridagi islohotlar, xususiy sektorning rivojlanishi va biznes muhitining yaxshilanishi o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga yordam berishi keltirilgan ham aytib o‘tilgan
Yuqoridagi omillarni hsiobga olgan holda, “Standard & Poor's” xalqaro reyting agentligi 2-dekabr kuni e’lon qilingan navbatdagi hisobotida O‘zbekiston kredit reytingini "BB-" (barqaror kutilma) darajasida saqlab qoldi.