Bu qiziq

Sovuqda organizmni issiq saqlaydigan mahsulotlar

Mutaxassisning aytishicha, sovuq havoda yog‘ va oqsilli taomlarga ko‘proq e’tibor qaratish lozim.
Sputnik
Shifokor-parhezshunos, endokrinolog Natalya Lazurenkoning aytishicha, sovuq ob-havo sharoitida ratsionga ko‘proq oqsil va yog‘larga ega mahsulotlarni kiritish kerak.
Uning aytishicha, organizmni issiq saqlash uchun mushak massalari yetarlicha bo‘lishi lozim.

“Bunda bizga hayvon oqsillari yordam beradi. Bu tuxum, parranda va qoramol go‘shtlari, baliq, sut mahsulotlari”, - deydi shifokor.

Shuningdek, menyuda ko‘proq vitaminlarga ham e’tibor qaratish zarur. Tuzli karam va sho‘r bodring ham organizmga ijobiy ta’sir qiladi. Biroq, ularni meyorda iste’mol qilishni unutmaslik lozim.