Samarqand aeroporti vaqtincha yopildi

"Moskva-Samarqand", "Istanbul-Samarqand" yo‘nalishidagi samolyotlar Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Samarqand aeroporti noqulay ob-havo tufayli samolyotlar parvozi uchun vaqtincha yopildi.
Qayd etilishicha, Samarqand xalqaro aeroporti aerodromini qoplab olgan qalin qor aviaparvozlar uchishi va qo‘nishi uchun aerodrom yo‘lagi holati vaqtincha yopilishiga olib keldi.
Shuning uchun "Moskva-Samarqand", "Istanbul-Samarqand" yo‘nalishidagi samolyotlar Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.