Putin mashinada Qrim ko‘prigi bo‘ylab harakatlandi – video

Rossiya yetakchisi mashina rulini qo‘lga olib, teraktdan so‘ng qayta tiklangan ko‘prik bo‘ylab harakatlandi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim ko‘prigini ko‘zdan kechirdi.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin unga ko‘prikda olib borilgan ta’mirlash ishlari haqida ma’lumot berdi.
Rossiya yetakchisi mashina rulini qo‘lga olib, ko‘prik bo‘ylab shaxsan harakatlandi.
Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni ertalab Qrim ko‘prigida portlash sodir bo‘ldi va bir necha sisterna yonib ketdi. To‘rt kishi halok bo‘ldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu portlashni terakt deb atadi. Uni uyushtirishda Ukraina maxsus xizmatining qo‘li borligini aytdi.
12 oktabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrim ko‘prigidagi teraktni Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov uyushtirganini aniqlaganini ma’lum qildi. Teraktni uyushtirishga aloqador 12 kishi aniqlangan, ulardan sakkiz nafari qo‘lga olingan.